🔸 Joriy yilning 29-avgust kuni AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va RTI international tadqiqot institutining “O‘zbekiston barkamollik uchun taʼlim” dasturi direktori Geri Lynn Burkholder “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar” bo‘yicha Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotlari bilan tanishdi.
🔷 Uchrashuv davomida Geri Lynn Burkholder ishtirokchilar bilan samimiy davra suhbati tashkil etib, ushbu darsliklar bo‘yicha ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Shuningdek, Cambridge darsliklarida nimalarga asosiy e’tibor qaratilganligi haqida tushuncha berdi.
Tashkil etilgan o‘quvlarda Geri Lynn Burkholder tinglovchilar safida mashg‘ulotlarga ishtirok etib, trener o‘qituvchilarga ham o‘z tavsiyasini berdi.



