Joriy yilning 23-avgust kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʼrgatish milliy markazi hamda Bandixon tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi hamkorligida Bandixon tumanidagi 17-MFChOʼIMda «Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat» shiori ostida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” oʼtkazildi.
Forumning ochilish marosimida dastlab tuman hokimining oʼrinbosari U.Qulmamatov hamda viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga oʼrgatish milliy markazi metodik xizmat koʼrsatish boʼlimi metodisti N.Karimova soʼzga chiqib, bugungi taʼlim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglar nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida soʼz yuritildi.