✅ Joriy yilning 23-24-avgust kunlari  Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va Maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 7-, 36-,19-sonli IDUMlar  hamda 40-sonli DMMTda «Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat» shiori ostida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” o’tkazildi.

Forumning ochilish marosimida tuman hokimi E.Avazov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i v.v.b A.Mamataliyev,  Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo’limi metodisti B.Raimqulov so’zga chiqib, bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglar nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so’z yuritdilar.