⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi  metodistlari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra  Ziyodulloyev Nodirjon Ma’mur o’g’li — Surxondaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi  kimyo fani metodisti vazifasiga tayinlandi. 

 

⚡️Nodirjon Ziyodulloyev 1992-yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

 

✅ U Bugunga qadar Termiz tibbiyot kolleji va Sariosiyo tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kimyo fani o’qituvchisi, Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida katta o’qituvchi,  A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.