⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra Mavlyanova Guzal Abduxalilovna — Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich ta’lim fani metodisti lavozimiga tayinlandi.
✅ Mavlyanova Guzal 1972-yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
U bugunga qadar Termiz shahridagi 13-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi vazifasida faoliyat olib borgan.



