2023-yil 3-iyun kuni  Termiz, Angor va Qumqo‘rg‘on tumanlari umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professor-o‘qituvchilari  tomonidan «Umumta’lim maktablarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish mazmun-mohiyati» mavzusida  amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tuzilmasida Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilgani, mazkur bo‘limning vazifalari, metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi pedagoglarning uzluksiz kasbiy mahoratini oshirish va metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qaysi meʼyoriy hujjatlar asosida ish faoliyatini olib borishi va boshqalar haqida batafsil malumotlar berildi.