2023-yil 3-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi Nazokat Bozorova tomonidan boshlang’ich ta’lim guruhi tinglovchilari bilan «Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

Darsda huquqiy fanlarni oʻqitish metodikasining oʻziga xos xususiyatlari, darsning mazmuni, mohiyati, yoʻnalishlarini belgilashda oʻqituvchining bilim darajasi, mahorati muhim oʻrin tutishi, oʻquvchilarning huququiy savodxonligini oshirish, darslarda berilgan bilimlarni hayotiy hamda amaldagi tartib-qoidalar va meʼyoriy normalar bilan bevosita bogʻliq boʻlishligi tushintirib berildi.