2023-yil 3-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, “Turon” mahallasi raisi va faollari hamkorligida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi hamda referendum o‘tkazish tartiblari haqida tushunchalar berildi.



