2023-yil 28-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Termiz davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va tyutorlari hamkorligida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda maʼruzachilar tomonidan referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, uning saylovdan asosiy farqi, shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan barcha norma va moddalarning ahamiyati hamda unda kelajak ustuni bo‘lmish yoshlarga ayniqsa, ijtimoiy soha, jumladan, taʼlimga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, bu yangilanishlar esa har vaqt insonlar manfaatiga xizmat qilishi huquqiy jihatdan mustahkamlanayotganligi to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berildi.

photo_2023-03-28_23-34-40