Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Tillarni öqitiş metodikasi” kafedrasi mudiri Umarov Bahrom Norboyeviçning 13.00.01 — “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi böyiça pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlagan “Öquvçilarning öqib tuşuniş kompetentligini rivojlantirişga qaratilgan darslik matnlarini yaratişning ilmiy-nazariy asoslari (ijtimoiy-gumanitar fanlar misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvçi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengaş qoşidagi ilmiy seminarda muvaffaqiyatli ötdi. Umarov Bahrom Norboyeviçni uşbu muhim ilmiy yutuği bilan muborakbod etamiz hamda kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!



