Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori oʻrinbosari Sattorov Sanjar Abdumurodovichni Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.06.04 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlar rivojlanishining statistik baholash metodologiyasini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Read More

Davra_suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori bilan tasdiqlangan 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, malaka oshirish kurslari jarayonida pedagog xodimlar uchun “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida mashg‘ulotlar tashkil etish belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 14-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan markaz…

Read More

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodini Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqladi. Bu haqida O‘zA xabar bermoqda. U bunga qadar Sirdaryo viloyati hokimi edi. Eslatib o‘tamiz, 2026-yil-3-oktyabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan…

Read More

Joriy yilning 5–8-oktabr kunlari Surxondaryo pedagogik mahorat markazida “ISHONCH” loyihasi doirasida o‘quv-treninglar tashkil etildi.

O‘quv-treninglar davomida mentorlik dasturini samarali tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni jamlagan Mentorlar qo‘llanmasi (Handbook) taqdim etildi. Loyiha doirasida tayyorlangan mentorlar o‘z maktablarida 10 nafargacha hamkasbining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular o‘qituvchilarga o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish, rivojlanish maqsadlarini belgilash hamdaProfessional Learning Community hamjamiyati bilan hamkorlikda ushbu maqsadlarga erishishda ko‘maklashadi. Mazkur qo‘llanma xalqaro ekspertlar…

Read More

Surxondaryoda axborot xizmati rahbarlarining bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan Surxondaryo viloyatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari axborot xizmati rahbarlarining attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Ikki kun davom etgan sinov jarayonlarida Markaz mas’uli, Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari hamda videokonferensaloqa orqali soha mutasaddilari ishtirok etdi. Attestatsiya jarayonida axborot xizmati rahbarlarining sohadagi bilim va…

Read More

Ijtimoiy fanlar yo‘nalishida KRK mashg‘ulotlariga start berildi

Joriy yilning 5-oktabr kuni Surxondaryo viloyatidagi tayanch maktablarda Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha KRK mashg‘ulotlariga start berildi. Mashg‘ulotlar davomida pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarning ijtimoiy fanlarga oid bilimlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda fan o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashib, darslarni samarali tashkil etish, ilg‘or pedagogik…

Read More

Tonggi_tadbir

SURXONDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA YANGI TINGLOVCHILAR KO‘TARINKI RUHDA KUTIB OLINDI ⚡️2026-yil 5-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida professor-oʻqituvchilar va malaka oshirish kurs tinglovchilarining kayfiyatini koʻtarish, hayotga pozitiv munosabatni shakllantirish, kasbiy zoʻriqishining oldini olish maqsadida tonggi tadbir tashkil etildi.

Read More

Madaniy-ma’rifiy_tashrif

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida faoliyat olib borayotgan Adilova Dilnoza Jurabekovna — A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Qo‘shimcha ta’limni ta’minlash bo‘limi o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha mutaxassisi Termiz shahridagi Rus markazi va Jangovar shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida muzey ekspozitsiyalari bilan tanishilib, Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizdan frontga safarbar etilgan yurtdoshlarimizning jasorati, tarixiy…

Read More

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar!

Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ustozlik — inson qalbiga ezgulik, bilim va ma’rifat urug‘ini qadash, yosh avlodning kamoloti va kelajagiga beqiyos hissa qo‘shishdek sharafli va mas’uliyatli kasbdir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz tahsinga loyiq. Bugungi kunda ta’lim va tarbiya yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz, yoshlarning bilimli,…

Read More