
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 691-son qarori hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-yanvardagi 6-son buyruği ijrosini ta’minlaş maqsadida joriy yilning 23-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik tarixiy xotirani asraş va qatağon qurbonlarining hayoti hamda faoliyatini örganiş, yoş avlodda milliy özlikni anglaş, vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyğularini şakllantirişga qaratilgan. Memorandum doirasida pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, tarixiy manbalar bilan işlaş könikmalarini rivojlantiriş, ilmiy-uslubiy qöllanmalar va raqamli ta’lim resurslarini yaratiş, şuningdek, seminar, trening va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etiş rejalaştirilgan.



