
Bugun Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida “Yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanga Toshkent shahri hamda respublikamizning turli hududlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar tomonidan 200 dan ortiq ilmiy materiallar taqdim etildi. Tadbirni Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi direktorining o‘rinbosari A. Bayturayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Anjumanga pedagogika fanlari nomzodi H. Berdiyeva moderatorlik qildi. Anjuman davomida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash hamda mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammolarga samarali yechimlar topish masalalariga e’tibor qaratildi.



