
OAK e’tirofidagi “Fan va ta’lim yangiliklari” ilmiy jurnalining 5-sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi pedagoglarining ilmiy maqolalari nashr etildi.
Xususan, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, professor Umarali Qodirov, “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdunazar Salomov, “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Jamshid Qarshiyev, katta o‘qituvchilar Sayyora To‘rayeva va Shahodat Teshaboyeva, o‘qituvchi Javohir Qarshiyev hamda Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Matluba Nigmatullayevaning ilmiy maqolalari jurnal sahifalaridan o‘rin oldi.



