Joriy yilning 7–9-aprel kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida joylashgan Lütfi Kırdar International Convention and Exhibition Center majmuasida xalqaro miqyosdagi yirik ta’lim sammiti — EURIE 2026 bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjuman dunyoning turli davlatlaridan yetakchi universitetlar, ta’lim muassasalari hamda soha mutaxassislarini bir maydonga jamlab, global ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni almashish va yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Mazkur ishtirok Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, ilg‘or tajribalarni joriy etish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Leave a Comment