
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 27-fevraldagi 84-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov boshchiligida “Ommalashtirish” jarayonlariga bag‘ishlangan onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinarda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati hamda barcha mas’ullar va metodistlar faol ishtirok etdilar. Vebinarda o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va ular tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish ishlarining mazmun-mohiyati atroflicha yoritildi. Shuningdek, “ommalashtirish.avloniy.uz” platformasining imkoniyatlari hamda undan samarali foydalanish jarayonlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga Institut mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.



