Ayni damda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E’zoza Karimova Surxondaryo viloyatidagi ta‘lim muassasalarida bo‘lib, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganmoqda.

Jarayonlarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio ham ishtirok etmoqda.

➖ Uchrashuvlar davomida Termiz shahridagi 2- va 3-maktablarda yaratilgan sharoitlar, xususan inklyuziv ta’lim, ISHONCH “Uzbekistan Vision 2030” jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔰 Shuningdek, ustozlar va o‘quvchilar bilan muloqot qilib, ularning taklif hamda mulohazalariga quloq tutildi, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: ISHONCH “Uzbekistan Vision 2030” jamgʻarmasi hisobidan Termiz shahridagi 2- va 3-maktablarda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratilgan.

Leave a Comment