O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qaroriga asosan,  joriy yilning 14-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari, fan metodistlari va tinglovchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu o‘yin munozara va bahslarga boy bo‘ldi. Har bir jamoa saviyasi yuqori murakkab savollar o‘ynalishiga qaramay, o‘z kuch va saloyihatini ishga soldi. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘yin ko‘tarinki hamda pozitiv kayfiyatda o‘tkazildi.

Leave a Comment