
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o’tkazish to’g’risida» 2025-yil 28-oktabrdagi 412-sonli buyrug’ida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o’tkazish belgilangan.
Shundan kelib chiqib, Markazda 1-noyabrdan 1-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilindi.
Bugun markazda oʻtkazilgan targ‘ibot tadbirida ham ushbu mavzuga doir muhim fikr-mulohazalar bildirib oʻtildi. Tadbirni akademik faoliyat bo’yicha direktor o’rinbosari A.Bayturayev ochib berdi. Shundan so’ng «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» professor-o’qituvchilarining:
✅Korrupsiyaga qarshi keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda qarshi kurashish;
✅»Pedagogning maqomi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan huquqiy normalarni amaliyotga keng tatbiq qilish mavzulariga doir maʼruzalari tinglandi.



