2025-yil 11-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdunazar Salomovning «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI UCHUN MATEMATIKA» nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. ❇️ Markaz jamoasi A.Salomovni ushbu munosabat bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Read More2025-yil 10-oktabr kuni Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti G.Mavlyanova tomonidan Termiz shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahnoza Safarovaning 2-»B» sinf o‘quvchilariga tasviriy sanʼat fanidan «Ajoyib hayvonlar» mavzusidagi darsi tahlil qilindi. Dars tahlili jarayonida o‘qituvchi tomonidan o’tilgan mahorat darsidagi yutuq va kamchiliklar o‘zaro tahlil qilinib, metodik tavsiyalar berildi.
Read More

