
2025-yilning 29-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori, dotsent Komil Avazov va Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodisti Guzal Mavlyanovalar tomonidan Sariosiyo tumanidagi 1-, 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida PISA 2025 xalqaro baholash dasturiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, o‘quvchilarning bilim darajasi va o‘qituvchilarning metodik yondashuvlari o‘rganildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim-tarbiya sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga metodik yordam va zarur tavsiyalar berildi.



