Joriy yilning 21–27-aprel kunlari «O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot-resurs markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

📚Mazkur ko‘rgazmada markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar qatnashdi. Unda badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma‘rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Tinglovchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni tanlab ko‘rib chiqish, ularni o‘qish va baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bu kabi tadbirlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh avlodni ma‘naviy yetuk va bilimli insonlar etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Leave a Comment