Umumta’lim maktablarida metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlari tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda

⚡️Joriy yilning 10-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi boshlangʻich ta’lim metodisti Goʻzal Mavlyanova tomonidan Sariosiyo tumanidagi 84-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabining 4-sinf oʻquvchilariga oʻqish savodxonligi fanidan «Boʻlim yuzasidan takrorlash» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Dars davomida 4K modeli asosida guruhlarga va individual tartibda ishlash, «Qalam va qalamdon», «Sirli sandiq», «Oʻrningni top» kabi metodlardan foydalanildi.

Leave a Comment