Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi doirasida joriy yilning 8-aprel kuni «Tillarni o’qitish metodikasi» kafedrasi tinglovchilari uchun Termiz shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi F. Bozorova tomonidan «Milliy sertifikat haqida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
⚡️Seminar-trening davomida tinglovchilar fan va uning o‘qitish metodikasiga doir yangiliklar bilan tanishib, zamonaviy pedagogik va innovatsion ta’lim texnologiyalarini o‘z faoliyatida qo’llash, shuningdek, milliy sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari bilan tajriba almashish va hamkorlik qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi.