2025-yil 24-fevral kuni Sho‘rchi tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tegishli fan o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirokida PISA 2025 tadqiqotning mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari boʻyicha amaliy hamda metodik yordam ko‘rsatish, maktabning cerebry.co platformasidan foydalanish darajasini aniqlash hamda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida viloyat pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlari Eshmirza Mahmudov va Elbek Toshevlar tomonidan seminar-trening tashkil etildi.