Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichi aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida davom etmoqda.
Ayni paytda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi, Sherobod tumanidagi 42-sonli, Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida aniq fanlar yoʻnalishida tashkil etilgan navbatdagi o’quv-treninglarda 4 nafar master-trener va 36 nafar mentor-oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.

Leave a Comment