Bugungi kunda davlat organlari faoliyatida qonuniylikni taʼminlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri – korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdan iboratdir.

2024-yil 29-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Termiz shahar adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti  Nazarov Vohid Rahmonberdiyevich hamda markaz professor-o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan tadbirda shu mavzu yuzasidan so‘z yuritildi. 

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar, bu borada xalq taʼlimi xodimlarining masʼuliyatini oshirish masalalari xususida fikr almashildi.