Joriy yilning 29-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida tinglovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida konsert dasturi tashkil etildi. 

Konsert dasturida «Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta‘lim metodikasi» kafedrasi musiqa guruhi tinglovchilari tomonidan qo‘shiqlar, jamoaviy hamda yakka raqslar ijro etildi.