⭐️2024-yil 15-oktabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish va raqamli dunyoni o‘rganishlarini tashkil etıshning istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

 

✔️Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1. O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar 

2. O‘quvchilarda raqamli dunyoda o‘qish va o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari

3. Xalqaro baholash dasturlari materiallari asosida tadqiqotchilik va  XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari

4. Fan o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishning pedagogik psixologik aspektlari.

 

📚Ushbu anjumanda poytaxtimiz va respublikamizning turli viloyatlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar tomonidan 300 ga yaqin materiallar kelib tushdi. 

 

Anjumanni markaz direktori M.Isoqov ochib berdi. “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi O.Berdiyeva tadbirga moderatorlik qildi.

 

📊Anjumanga Prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi O‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va joriy etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Hasanova Sevara G‘iyosiddinovna, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Aniq va tabiiy fanlar bo‘limi bosh mutaxassisi Azamatova Dilafruz Saydig‘aniyevna, Termiz davlat universiteti “Algebra va geometriya” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Allakov Ismoil, Termiz davlat universiteti “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi mudiri, professor Normurodov Chori Begaliyevich, Termiz davlat universiteti “Fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor Kasimov Sherzod Abduzoirovich, Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Berdiyev Ural Buranovichlar  ishtirok etishdi.

 

❗️Eslatib o‘tamiz, anjumanga qabul qilingan barcha materiallar to‘plam tarzida chop ettiriladi va sertifikatlari bilan birga (onlayn tarzda) o‘z mualliflariga yetkaziladi.

Leave a Comment