Joriy yilning 11-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida »Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limining boshlang’ich ta’lim metodistlari Elbek Toshev va Go‘zal Mavlyanova tomonidan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1- va 5-guruh tinglovchilariga »Metodist soati» tashkil etildi.
Dars jarayonida o‘qituvchilarga »4K» modelidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishda «Blum moychechagi»ning ahamiyati, PIRLS xalqaro baholash tadqiqotlariga o‘quvchilarni tayyorlash hamda «Kasbiy rivojlantirish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» to‘g‘risida tushuncha va metodik tavsiyalar berildi.



