Joriy yilning 5-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalar, “Yangi baholash tizimi”, “Kasbiy rivojlanish kuni”, “Kasbiy rivojlanish soati” mavzulari doirasida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etish tartibi hamda Singapurning “Marshall Cavendish Education” ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni markazning professor-o‘qituvchilariga yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Leave a Comment