Kuni kecha Surxondaryo viloyati pedagogika markazida “Filologiya fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarni markaz direktori o‘rinbosari I. Hojiboyev ochib berdi. Shundan so‘ng “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri B.Umarov “O‘qituvchilarning yangi darsliklar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ona tili va adabiyot fani metodisti R. Mamatqulova tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga metodik ishlarni joylashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.Tadbirda fan metodistlari D.Axmedova, N.Fozilova,…

Read More