Joriy yilning 8-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda tinglovchilar shoir Shodmonqul Salom va uning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shoir suhbat jarayonida o‘zining ijod maydonidagi ilk qadamlari xususida to‘xtalib, bunda ustozlarining nechog‘lik beqiyos o‘rni borligini ta’kidlab o‘tdi.

Ijodkor o‘zi haqidagi ba’zi xotiralar bilan o‘rtoqlashar ekan, Usmon Azim, Shukur Xolmirzayev va Abdulla Oripovning ijodi haqida to‘lqinlanib so‘zladi hamda o‘zining she’rlari bilan professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarni mamnun qildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar olishdi.