Joriy yilning 17-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagogika markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari To’ra Qobilov va Erkin Norsafar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etib, ustoz ijodkorlarning suhbatlari va ijod namunalaridan bahramand bo‘lishdi. Tadbirda so‘z olganlar ustoz ijodkorlarning asarlari yaratilishi tarixi, ularning bosib o‘tgan yo‘llari, asardagi qahramonlar, ularning o‘quvchi uchun tarbiyaviy tomonlari haqida ham to‘xtaldilar.
Ijodiy uchrashuv juda ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Tinglovchilar bunday tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etish kerakligi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.