⚡️2024-yil 16-aprel kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va xalqaro ta‘lim bo’yicha Amerika Kengashlari tashkiloti hamkorligida «The Educational Leadership Development Program» (ta’limda yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturi) doirasida taqdimot namoyish etildi.
✅ Mazkur dasturning maqsadi Oʻzbekistondagi maktablarni boshqarish sohasidagi rahbarlik islohotlarini ilgari surishni maqsad qiladi. Ikki yillik dastur maqsadli kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish orqali rahbarlar va ta’lim xodimlarining kasbiy salohiyatini, jumladan, ta’lim sohasida yetakchilik ko’nikmalarini oshirishga qaratiladi.



