П🔰 Joriy yilning 10-yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasi “VETERAN” jangchi-faxriy Birlashmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi, Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi hamda Termiz davlat pedagogika instituti hamkorligida «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan qurolli kuchlarda xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, professor-o’qituvchilar ishtirokida “Uch avlod ushrashuvi” o‘tkazildi. 

 

✅ Yoshlar uchrashuv davomida faxriylar va hozirda namunali xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning  faoliyat yo‘llari bilan tanishishdi.

❇️ Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati pedagogika markazi kadrlar bo’yicha bosh mutaxassisi Raimnazarov Hasan Ko’charovich O‘zbekiston Respublikasi “VETERAN” jangchi-faxriy Birlashmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan “Yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash uchun”, iste’fodagi kapitan Amirqulov Ilhom Mustafoqulovich «Xotira, vatanparvarlik, burch» medallari bilan taqdirlandilar.