Ilmiy faoliyt

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Qarshiyev Jamshid Murotaliyevichga Malaka oshirish ta’limi tinglovchilarining kognitiv kompetensiyalarini «sun’iy intellektdan foydalanish kompetentligi» asosida rivojlantirish  dasturini yaratganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan patent guvohnomasi berildi.

Read More

TABRIKLAYMIZ!

OAK e’tirofidagi «Среднее профессиональное образование» xalqaro ilmiy-uslubiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi Jamshid Qarshiyev maqolasi e’lon qilindi.   👉 http://www.portalspo.ru/journal/images/Journals/2023/SPO_8_2023.pdf  

Read More

Binar dars

⚡️2023-yil 9-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi Abdinazar Salomov va Angor tumanidagi 20-sonli umumta’lim maktabining oliy toifali boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi Shahodat Choriyeva hamkorligida «Boshlang’ich ta’limda I-IV sinflarda yangi avlod darsliklari» mavzusida binar dars tashkil etildi. ✅Dars jarayonida Finlandiya tajribasi…

Read More

Tanlov sinflarda 11 ta fan o‘qitilmoqda!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-son buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilidan umumtaʼlim maktablarida yuqori sinf (joriy o‘quv yilida faqat 10-sinflar kesimida) o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Tajriba-sinov jarayoniga Surxondaryo viloyatidan 8 ta maktab jalb etilgan bo‘lib, ular negizida 4 ta yo‘nalishda 9 ta tanlov sinfi…

Read More

Metodist soati

Joriy yilning 8-sentabrida pedagogika markazida malaka oshirayotgan o‘qituvchilar uchun Metodik xizmat bo‘limi metodistlari tomonidan “Metodist soati” tashkil etildi. Unda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining faoliyati, 2023–2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejalardagi (tayanch, variativ, tanlov, ixtisoslashtirilgan, ikkinchi xorijiy til) o‘zgarishlar, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, «4K modeli» asosida ta’limni tashkil etishning samarali vositalari va uning afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Read More

«O’ZBEKISTON «VETERAN» JANGCHI-FAXRIY VA NOGIRONLARI BIRLASHMASI 25 YILLIGI» MEDALI MUBORAK BO’LSIN!

⚡️ Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qonunchiligimizga hurmat, boy tarixiy va milliy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlarga qarshi kurashish ruhida tarbiyalagani hamda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 7-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Amirqulov Ilhom Mustafoqulovich O‘zbekiston Respublikasi “VETERAN”…

Read More

Mahorat darsi

⚡️2023-yil 6-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida malaka oshirayotgan ona tili va adabiyot guruhi tinglovchilari uchun “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri Norboy Safarov tomonidan “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda pedagog kommunikativ ko’nikmalarining ahamiyati» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Read More

TABRIKLAYMIZ!

Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 24-iyuldagi 252-MX sonli buyrug’iga asosan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi professori, fizika-matematika fanlari doktori Mirahmat Mirsaburovning «Singulyar koeffitsientli Gellerstedt tenglamasi uchun Bitsadze-Samarskiy masalasi» nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

Read More

TABRIKLAYMIZ!

Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 24-iyuldagi 252-MX sonli buyrug’iga asosan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Berdiyeva Oygul Bekpo’latovnaning «Geometriya» nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

Read More

⚡️ Joriy yilning 6-sentabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga tashrif buyurdi.

✅ Ulug‘bek Berdiqobilovich pedagogika markazining o‘quv xonalari, yotoqxona, mini futbol maydonchasi hamda pedagogika markazidagi xodimlar va kurs tinglovchilari uchun yaratilgan boshqa sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z maslahat, taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Read More