Metodist soati

Joriy yilning 8-sentabrida pedagogika markazida malaka oshirayotgan o‘qituvchilar uchun Metodik xizmat bo‘limi metodistlari tomonidan “Metodist soati” tashkil etildi. Unda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining faoliyati, 2023–2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv rejalardagi (tayanch, variativ, tanlov, ixtisoslashtirilgan, ikkinchi xorijiy til) o‘zgarishlar, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, «4K modeli» asosida ta’limni tashkil etishning samarali vositalari va uning afzalliklari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Read More

«O’ZBEKISTON «VETERAN» JANGCHI-FAXRIY VA NOGIRONLARI BIRLASHMASI 25 YILLIGI» MEDALI MUBORAK BO’LSIN!

⚡️ Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qonunchiligimizga hurmat, boy tarixiy va milliy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlarga qarshi kurashish ruhida tarbiyalagani hamda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 7-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Amirqulov Ilhom Mustafoqulovich O‘zbekiston Respublikasi “VETERAN”…

Read More

Mahorat darsi

⚡️2023-yil 6-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida malaka oshirayotgan ona tili va adabiyot guruhi tinglovchilari uchun “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri Norboy Safarov tomonidan “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda pedagog kommunikativ ko’nikmalarining ahamiyati» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Read More

TABRIKLAYMIZ!

Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 24-iyuldagi 252-MX sonli buyrug’iga asosan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi professori, fizika-matematika fanlari doktori Mirahmat Mirsaburovning «Singulyar koeffitsientli Gellerstedt tenglamasi uchun Bitsadze-Samarskiy masalasi» nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

Read More

TABRIKLAYMIZ!

Termiz davlat universiteti rektorining 2023-yil 24-iyuldagi 252-MX sonli buyrug’iga asosan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Berdiyeva Oygul Bekpo’latovnaning «Geometriya» nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

Read More

⚡️ Joriy yilning 6-sentabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga tashrif buyurdi.

✅ Ulug‘bek Berdiqobilovich pedagogika markazining o‘quv xonalari, yotoqxona, mini futbol maydonchasi hamda pedagogika markazidagi xodimlar va kurs tinglovchilari uchun yaratilgan boshqa sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘z maslahat, taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Read More

TABRIKLAYMIZ!

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do’stqobilovichga Wikipedia ma’lumotlar bazasidan alohida sahifa ochildi. 👉 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Umarali_Qodirov

Read More

Tadbir

🔔 2023-yil 4-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do‘stqobilovich Muzrabot tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.  ✅ Unda U.Qodirov maktab o’quvchilariga Vatanni sevish, uning tinchligini asrab-avaylash, taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, asosiysi, bu…

Read More