🔔 2023-yil 4-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor Qodirov Umarali Do‘stqobilovich Muzrabot tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.
✅ Unda U.Qodirov maktab o’quvchilariga Vatanni sevish, uning tinchligini asrab-avaylash, taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida o‘quvchilar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligini alohida ta’kidladi. Viloyatda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlar, erishilgan yutuq va marralar haqida hayotiy misollar vositasida so‘zlab berildi.



