O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-martdagi “Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig’i va fan metodistlarini tanlab olish to‘g‘risida”gi 61-sonli buyrug‘iga muvofiq Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi tuzilmasida “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi” tashkil etilishi va tanlov o‘tkazish belgilangan.
✅ Mazkur buyruqning uchinchi ilovasiga muvofiq, tashkil etilayotgan “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi”ga bo‘lim boshlig‘i va fan metodistlarini belgilangan tartibda saralab olish maqsadida tanlov tashkil etilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish uchun ish.uzedu.uz saytiga talabgor quyidagi hujjatlarni yuboradi:
✅ nomzodning obyektivkasi
✅ diplom
✅ malaka toifasi haqida hujjat (agar mavjud bo’lsa)
Nomzodlarning hujjatlari Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan shtab tomonidan o‘rganib chiqiladi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, malaka talablariga mos kelgan nomzodlar test sinovlarida ishtirok etadilar.
Hujjatlarni qabul qilish 30-martgacha davom etadi.
❗️Eslatma: Fan metodistlari uchun quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
👉 tegishli mutaxassislik bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot;
👉 xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
👉 besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik yoki xalq taʼlimi boshqaruv organlaridagi ish staji.
☎️ Murojaat uchun telefon: 99-744-51-05



