2022-yil 17-dekabr kuni Angor tumanidagi 14-sonli umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida «Yangi avlod darsliklari bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar» mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
🔰 Seminar boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan turli ochiq darslar, mahorat darslarida o‘z aksini topdi va yuqori saviyada o‘tkazildi.
Darslar yakunlangach, tadbirning badiiy qismida sahna ko‘rinishi, she’rlar va chiroyli raqslar taqdim etildi.
✅ Seminarda faol ishtirok etgan o‘qituvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



