2022-yil 16-dekabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan rossiyalik mutaxassis Malinovskaya Nataliya Vladimirovna bilan hamkorlikda “Zamonaviy taʼlim – yuksak imkoniyatlar kalitidir!” mavzusida onlayn vebinar o’tkazildi.

Unda biologiya fanlari bo’yicha o’qituvchilarining kasbiy mahorati va uni rivojlantirishning zamonaviy usullari, o’zaro muloqot (kommunikatsiya) hamda o‘quvchi yoshlarda XXI asr bilim va ko’nikmalarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.