“Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasida jami 7 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 3 nafari ilmiy daraja va unvonga ega.

Kafedra mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umarov Bahrom Norboyevich 2018-yil 3-noyabrda qayta tanlovdan o‘tib, hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra jamoasi milliy markaz faoliyatining umumiy rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va ilmiy-amaliy seminar-treninglar o‘tkazishda tashabbuskorlik ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari shu davrgacha ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

Kafedra xodimlari doimiy ravishda o‘z bilimini, tajriba va malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirib borish uchun izlanadilar. Har qanday ijobiy yangilik, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq ilg‘or texnologiyalar tarafdori va targ‘ibotchilaridir. Shuningdek, Ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil qilinib kelinmoqda. 

“Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida rus tili va umumiy fanlarni rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan «Zo‘r!» (“Klass”) loyihasi hamda ingliz tili ta’limini sifati va samaradorligi oshirishga qaratilgan “English Speaking Nation” loyihasi doirasida (AQSh) hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Bunungi kunda mazkur loyihalar doirasida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish va o‘tkazish, ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar nashr etish va o‘zaro almashish, xalqaro grantlarda ishtirok etish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish masalalari bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olingan.

 

Hozirda kafedrada yuqori malakali xodimlar samarali faoliyat yuritadigan, barcha innovatsiyalarni joriy etishni faol qo‘llab-quvvatlovchi o‘qituvchilar jamoasi ishlaydi.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

Kafedra mudiri 

Umarov Bahrom Norboyevich

Telefon: +998942011448

E-mail: umarov-bahrom@mail.ru

UMAROV BAHROM NORBOYEVICH
1995-yili Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini filolog o‘qituvchi mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli bitirgan. 2021-yilda “Innovatsion yonlashuv asosida o‘quvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish asoslari” mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Umarov Bahrom Norboevich Coursera tashkiloti (AQSh)ning “Coursera Workforce Recovery” dasturi asosida tashkil etilgan jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining ta’lim platformasi orqali  “Speaking to persuade: Motivating audiences with solid arguments and moving language” (Vashington universiteti, AQSh),  “Speaking to inform: Discussing complex ideas with clear explanations and dynamic slides” (Vashington universiteti, AQSh), “Speaking to Inspire: Ceremonial and Motivational Speeches” (Vashington universiteti, AQSh), “Etkili Konuşma” (Koch universiteti, Turkiya), “Engaging in Persuasive and Credible Communication” (Singapur  milliy  universiteti) o‘quvlarida kasbiy rivojlanish va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli bitirgan. 2009-yilda Germaniyada o‘quv stajirovkani o‘tagan. 2013-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” va 2011-yilda «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Umarov Bahrom Norboevich Respublikada va xorij mamlakatlarida chop etilgan  50 dan ortiq ilmiy ish, 1 ta monografiya va 2 ta metodik qo‘llanma muallifi. U bugungi Rossiya Federatsiyasi Pedagogika va psixologiya ilmiy-tadqiqot institutining «Научный потенциал», OAK e’tirofidagi ijtimoiy-gumanitar fanlar va taʼlim sohasidagi tadqiqotlarning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi nufuzli impakt faktor (7.9)li “European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA)” xalqaro ilmiy-uslubiy  jurnali tahririyat kengashi a’zosidir. Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi  mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

SAFAROVA ZAMIRA MIXLIEVNA

1993-yili Termiz davlat universiteti filologiya fakultetini filolog, rus tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli bitirgan.

2009-yildan buyon hozirgi vaqtgacha Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy-uslubiy maqolalar chop ettirgan.

Safarova Zamira Mixlievna “Rus tilini o‘qitish jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarining lingvomadaniy kompetentligini rivojlantirish” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib bormoqda.

QARAEV UMED

1996-yili Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini filolog o‘qituvchi mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli bitirgan.

2015-yildan buyon hozirgi vaqtgacha Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy-uslubiy maqolalar chop ettirgan.

Umed Qarayev “Badiiy tarjimada ijodiy vorisiylik va o‘ziga xoslik (Hirot adabiy muhiti tarjimachilik an’analari misolida)” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib bormoqda.

QODIROVA SURAYYO DO‘STQOBILOVNA 

2003yilda Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan.

2012yillarda Termiz davlat universitetining «Lingvistika» yo‘nalishi magistraturasini bitirgan.

2006-yildan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasida faoliyat yuritmoqda.

Faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy-uslubiy maqolalar chop ettirgan.

Qodirova Surayyo “Shaxs temperament xususiyatini nutq asosida aniqlash usul, vosita va omillari” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib bormoqda.

SАLOMOVА GАVHАR АBDINАZАROVNА

Salomova Gavhar Аbdinazarovna 2015-yilda Termiz davlat universitetida magistraturani bitirgan.

2015-yildan hozirgi vaqtgacha Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Faoliyati davomida 50 ga yaqin ilmiy-uslubiy maqolalar chop ettirgan.

Salomova Gavhar Аbdinazarovna “Ingliz va o‘zbek tillarida qisqartma so‘zlarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusida ilmiy-tadqiqot olib bormoqda.

Kafedraning ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi:

 

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TILLARNI O‘RGANISH VA O‘QITISHNING USLUBIY MASALALARI

 

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR: 

1. Safarova Zamira. “Rus tilini o‘qitish jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarining lingvomadaniy kompetentligini rivojlantirish”.

2. Umed Qaraev. “Badiiy tarjimada ijodiy vorisiylik va o‘ziga xoslik (Hirot adabiy muhiti tarjimachilik an’analari misolida)”.

3.  Qodirova Surayyo. “Shaxs temperament xususiyatini nutq asosida aniqlash usul, vosita va omillari”.

4. Salomova Gavhar. “Ingliz va o‘zbek tillarida qisqartma so‘zlarning chog‘ishtirma tadqiqi”.