Matbuot kotibi
Muqimov Alisher

Qabul vaqti: Har kuni (14:00 – 16:00)
E-mail: alisher.muqim@gmail.com
Telefon: +99899-582-59-10

 

Matbuot kotibining asosiy vazifa va funksiyalari:

– hududiy markaz rahbariyati tomonidan zamon talablariga muvofiq belgilanadigan  axborot-siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

– axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi  Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan  samarali va amaliy hamkorlikni tashkil etish;

– keng jamoatchilikni hududiy markaz faoliyati va, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

– ommaviy axborot vositalari (keying o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy va hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish;

– hududiy markazning veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resusrlarni, shu jumladan,  ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

– hududiy markaz faoliyatiga nisbatan aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

 

Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish      uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

– OAVda, shu jumladan, internet tarmog‘ida  axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularni veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish hamda yangilab borishni ta’minlaydi;

– hududiy markaz rahbariyati ishtirokida tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, seminarlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etadi va o‘tkazadi;

– OAV ga taqdim etish zarur bo‘lgan axborotlarni hududiy markazning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

– hududiy markaz faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;

– hududiy markaz faoliyati yoritilgan materiallarni belgilangan tartibda saqlash va ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

– hududiy markaz faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV lar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

– o‘z  vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAV ning hududiy markaz  faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni  tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovnomalarini ko‘rib chiqadi.