Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasida jami 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan 10 nafari asosiy shtatda, 2 nafari esa o‘rindoshlikda faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchi va 4 nafar o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Kafedra mudiri, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent, Xalqaro ilmiy akademiyaning professori, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi Salomov Abdinazar Abdivosixovich 2018-yil 3-noyabrda qayta tanlovdan o‘tib, hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 Kafedra jamoasi O‘zbekiston Respublikasi milliy o‘quv dasturi doirasida integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalari va ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni joriy etish maqsadida har yili viloyat va tuman miqyosida ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazishda tashkilotchilik qilib kelmoqda. 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

 

Kafedra mudiri: Salomov Abdinazar Abdivosixovich

Telefon: (+998 94) 697-10-95
E-mail: salomovabdinazar
@mail.uz

Telegram: (+998 94) 697-10-95

          Kenjaboyeva Nigora Mamayusupovna

1999-yilda Termiz davlat pedagogika institutining pedagogika-psixologiya fakultetini tugatgan.

2019-yil 28-dekabrda  «Bo‘lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarining  reproduktiv madaniyatini takomillashtirish tizimi» mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishini himoya qilib, 2020-yil 28-yanvarda pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

2020-yildan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi  dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Normatova Gulnora Tojiyevna

1995-yilda Termiz davlat pedagogika institutining pedagogika-psixologiya fakultetini tugatgan.

2019-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi buyon  “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi  katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

“Boshlang‘ich ta’limda fanlararo integratsiyani ta’minlashda o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda. Ilmiy maqolalari respublika ilmiy-ommabop jurnallari hamda bir necha xalqaro konferensiya to‘plamlarida e’lon qilingan.

Qodirov Raxmon Karimovich

1995-yilda Termiz davlat universitetining pedagogika fakultetini tugatgan. 2015-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

“Boshlang‘ch sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning pedagogik tizimini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy maqolalari respublika ilmiy-ommabop jurnallari hamda bir necha xalqaro konferensiya to‘plamlarida e’lon qilingan.

Haydarova Mehriniso Boboqulovna     

1995-yilda Termiz davlat universitetining pedagogika-psixologiya fakultetini tugatgan.

2019-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Barataliyeva Shaxribonu Abdullayevna

1990-yilda Termiz davlat pedagogika institutining pedagogika-psixologiya fakultetini tugatgan. 2018-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi  katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

“Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy kompetensiyasini shakllantirishda o‘quv lug‘atlarining o‘rni va ularni yaratsh lingvometodikasi” mavzusida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda.

        Boybo‘riyeva Saodat O‘ralovna   

2006-yilda Termiz davlat universitetining pedagogika-psixologiya fakultetini tugatgan.

2009-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

“Maktabgacha yoshdagi bolalarning muloqot madaniyatini tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda.  

Yo‘ldosheva Hosiyat Madat qizi

      2013-2017-yillarda Termiz davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil olgan.

     2021-yilda “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini  tugatgan.

      2022-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

         To‘rayeva Dilnoza Ismoilovna      

        2014-2018 yillarda Termiz davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil olgan. 2021-yilda “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini  tugatgan.

      2022-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

1. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining  kommunikativ ko‘nikmalarini rivojłantirish

2. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining AKT va media savodxonligi

3. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining o‘zini-o‘zi rivojlantirish va uzluksiz kasbiy rivojłanish masalalari

4.  Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi

5. Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari

6. Boshlang‘ich ta’limdagi yangiliklar, boshlang‘ich sinflarni o‘qitishning dolzarb masalalari

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

1. Salomov A.A. “Matematikaning fanlararo aloqadorlik funksiyasi asosida boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida milliy o‘quv dasturi doirasida integratsiyalashgan ta’lim tizimining samarali metodlari”.

2. Qodirov R.K. “Boshlang‘ich ta’limda milliy o‘quv dasturi asosida xalqaro tajriba va loyihalarni joriy etish texnologiyalari”.

3. Rayimova G. “Boshlang‘ich ta’limda milliy o‘quv dasturi doirasida tabiatshunoslik fanlarini o‘qitishda STEAM texnologiyasidan foydalanish usullari”.

4. Yo‘ldosheva H. “Boshlang‘ich ta’limda milliy o‘quv dasturi asosida ona tili va o‘qish fanini o‘qitishda o‘quvchilarning savodxonligini shakllantirishning zamonaviy usullari”.

5. To‘rayeva D. “Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida kognitiv kompetentlik shakllanganligi baholash texnologiyasini takomillashtirish”.

6. Haydarova M.B. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida etnomadaniy munosabatlarni tartibga solish va shakllantirish usullari”.

7. Normatova G.T. “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning kasb-hunar tanlashga qiziqishini shakllantirish texnologiyasi”.