“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasida jami 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat faoliyat olib bormoqda. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 2 nafar fan nomzodi,  3 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra mudiri, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Avazov Komil 2021-yilda qayta tanlovdan o‘tib, hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni joriy etish maqsadida har yili tuman, viloyat miqyosida ilmiy-amaliy seminar-treninglar o‘tkazishda tashkilotchilik qilib kelmoqda. Kafedra xodimlari doimiy ravishda o‘z bilimini, tajriba va malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirib borish uchun izlanadilar. 

Ular har qanday ijobiy yangilik, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq ilg‘or texnologiyalar tarafdori va targ‘ibotchilaridir. Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish, umumiy o‘rta ta’lim uchun milliy o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘quv seminarlarini  o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

Kafedra mudiri                                                                                                                                                          Avazov Komil Xolliyevich                                                                                                                                    Telefon: +998990824212                                                                                                                                            E-mail. avazov_k@mail.ru

        1997-yilda Termiz davlat universitetining tarix fakultetini tamomladi. 2008-201lyillarda Moskva davlat pedagogika universiteti aspirant, 2013-2014-yillarda O‘zbekiston XDP viloyat kengashi mafkuraviy va tarbiyaviy tashviqot ishlari bo‘yicha bo‘lim mudiri vazifasida ishlagan. 2018-2021yillarda “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2021yildan hozirgi vaqtgacha mazkur kafedraning mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Avazov Komil Xolliyevich Rossiya federatsiyasida nashr etiladigan siyosiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha OAK e’tirof etgan “Bonpocы политологии” jurnalining tahrir hay’ati hamda Rossiya faylasuflar jamiyati a’zosi hisoblanadi.

2017-yilda Latviyaning LAP LAMBERT Academic Publishing nashriyoti tomonidan «Глобальная информатизация: социального пространства и интенсификации террористических угроз» (Russian Edition) monografiyasi chop etilgan. 2022-yilda Tahdidbardosh jamiyatni shakllantirishning siyosiy tahlili monografiyasi, 2023-yilda Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli uslubiy qollanmasi chop etilgan.

Usmonaliyeva Risolat Umaraliyevna

 

1989-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) “Tarix” fakultetini Tarixchi. tarix va jamiyatshunoslik o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. 1994–2021-yillarda Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi,  kafedra mudiri lavozimlarida ishlab keldi. 2021 yildan esa kafedra katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. “Antique world” xalqaro ilmiy akademiyasining 2009-yil 4-yanvardagi qarori bilan doktor darajasi, “Antique world” xalqaro ilmiy akademiyasining 2016-yil 13-maydagi qarori bilan esa professor darajasi berilgan. 

                                  TO‘RAYEVA SAYYORA SATTOROVNA

 

     1992-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining  tarix, davlat va huquq asoslari fakultetini tamomladi. 2012–2014-yillarda Surxondaryo viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta oqituvchisi2018-2019-yillarda Surxondaryo viloyati Termiz davlat universiteti huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta oqituvchisi, 2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2022-yildan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikasga o‘rgatish milliy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar mtodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

TESHABOEVA SHAHODAT ERKINOVNA

 

1992-1997-yillarda Termiz davlat universitetining Tarix fakultetini tamomlagan. 2010-yildan buyon Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

BOZOROVA NAZOKAT MAMASOATOVNA

 

2008-yilda Termiz davlat universitetining tarix fakultetini bitirgan. 2023-yilda “Umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitishda ikkinchi jahon urushiga oid mahalliy manbalardan foydalanish metodikasi” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha (tarix fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qildi. 2015-yildan  Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi  “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

1. Tarbiya fani o‘qitish metodikasi

2. Davlat va huquq asoslarini o‘qitish metodikasi

3. Tarix fanlari o‘qitish metodikasi

4. Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari moduli

 

                           KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

1. K.Avazov. “Yangi O‘zbekistonda tahdidbardosh jamiyatni shakllantirish strategiyasi”.

2. R.Usmonaliyeva. “Jahon tarixini oʻrganish jarayonida umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari”.

 

3. S.To‘rayeva.  “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning moslashuvchanlik kompetensiyalarini rivojlantirish (Tarbiya fani misolida)”.