1985-yil 9-dekabrda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2003-yili Qumqo‘rg‘on tumanidagi 2-o‘rta maktabni, 2007-yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetini, 2011-yili O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakultetini psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2017-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.

      I.Hojiboyev London Qirollik kollejining “Creative Thinking: Techniques and Tools for Success”, АQShdagi McMaster universitetining “Learning How to Learn: Powerful mental tools to help you master tough subject”, Duke universitetining “Think Again I: How to Understand Arguments” kurslarida onlayn tarzda malaka oshirgan.

      2022-yili psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. I.Hojiboyev turli yillarda maktab psixologi, O‘zbekiston Milliy universiteti Maʼnaviyat bo‘limi mutaxassisi, Qumqo‘rg‘on tumanidagi kasb-hunar kollejida psixolog, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi, Monitoring bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018-yil 30-dekabrdan Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori o‘rinbosaridir.

     I.Hojiboyev markaz “Pedagogika, psixologiya va taʼlim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti sifatida anʼanaviy, masofaviy malaka oshirish hamda qayta tayyorlash taʼlimi tinglovchilari uchun maʼruza kurslarini o‘qimoqda hamda ilmiy rahbarlik faoliyatini olib bormoqda.

      I.Hojiboevning 50 ga yaqin ilmiy ishlari respublikamiz hamda Rossiya Federatsiyasi, АQSh, Hindiston, Аvstriya singari davlatlarda nashrdan chiqqan.

      I.Hojiboyev O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi hamda “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. I.Hojiboyev Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan “Internauka” ilmiy-nazariy jurnali tahrir hayʼati aʼzosi hisoblanadi. I.Hojiboyevning “Oilaga psixologik yordam ko‘rsatish asoslari”, “1001 savolga psixologning 1001 javobi”, “Oilada bo‘lajak notiqni tayyorlash”, “Umumiy psixodiagnostika” o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan bo‘lib, ulardan qiziquvchilar, ilmiy tadqiqotchilar foydalanib kelishmoqda.