“Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida jami 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan 12 nafari asosiy shtatda, 3 nafari esa o‘rindoshlikda faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafari fan doktori, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 7 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra mudiri, dotsent Berdiyeva Oygul Bekmuratovna 2018-yil 3-noyabrda qayta tanlovdan o‘tib, hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

       Kafedra jamoasi ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarni joriy etish maqsadida har yili viloyat miqyosida, tuman miqyosida ilmiy-amaliy seminar-treninglar o‘tkazishda tashkilotchilik qilib kelmoqda. Kafedra xodimlari doimiy ravishda o‘z bilimini, tajriba va malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirib borish uchun izlanadilar. Har qanday ijobiy yangilik, ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq ilg‘or texnologiyalar tarafdori va targ‘ibotchilaridir. Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish, umumiy o‘rta ta’lim uchun milliy o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘quv seminarlarini  o‘tkazishda faol ishtirok etib kelmoqda.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT

Kafedra mudiri 

Berdiyeva Oygul Bekmuratovna

Telefon: +998 99 586 64 31
E-mail: oberdiyeva@mail.uz

                                      Berdiyeva Oygul Bekmuratovna

1996yili Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakultetini matematika va informatika oqituvchisi mutaxassisligi boyicha muvaffaqiyatli bitirgan. 2000-2007-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakultetining “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi ilmiy tadqiqotchisi bo‘lgan. 2007-yil 15-fevralda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy attetatsiya komissiyasi Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi kengashining tavsiyasiga ko‘ra Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni bilan tasdiqlangan. Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi  “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi  mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

            Mirsaburov Miraxmad

    1968-1973-yillarda Toshkent davlat universitetining  “Matematika” fakultetini tamomladi. 1978-1981-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matematika instituti aspiranti, 1995-1998-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matematika instituti doktaranti, 2012-2017-yillarda Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi mudiri, 2018-yildan “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida ishlab kelmoqda.

       Xudoyberdiyev Nurislom 

       2005-yilda Termiz davlat universitetining “Amaliy matematika va informatika” yo’nalishini tamomladi. 2007-2009-yillarda Termiz Davlat Universitetida  “Diffferensial tenglamalar” yo‘nalishi bo’yicha magistr darsjasini oldi. 2015-yil 17-yanvardan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

        Sattorov Sanjar Abdumuratovich

     2004-2007-yillarda Termiz Davlat Universiteti “Matematika-informatika” bo‘limini bakalavr yo‘nalishini tamomladi. 2008-2009-yillarda Termiz davlat universiteti magistraturasini “Diffferensial tenglamalar” yo‘nalishini yakunladi. 2009-yildan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

         Qarshiyev Jamshid Murotaliyevich

     2010-2014-yillarda Termiz Davlat Universitetining “Amaliy matematika va informatika” yo‘nalishini tamomladi. 2014-2016-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti yo‘nalishi” bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘ldi. 2018-yildan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda

        Xo‘jamberdiyeva Dilfuza Ikramovna

     1995-yilda Termiz Davlat Universitetining Matematika – informatika fakultetini tamomladi. 2008-2014yillarda Surxondaryo viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Pedagogika, psixologiya va innovatsion texnologiyalar” kafedrasi oqituvchisi, 2018-2019-yillarda Surxondaryo viloyati Termiz davlat universiteti huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta oqituvchisi, 2020yildan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta oqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

       Xojanazarova Sohiba Xojaqulovna

     1996-yilda Termiz Davlat Universitetining Geografiya-Biologiya fakultetini tamomladi. 2009-2014-yillarda Surxondaryo viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Tabiiy va aniq fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, 2020-yildan buyon Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Аniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 

            Razzoqov Jasur

2010-yilda Samarqand Davlat Universitetining fizika fakultetini tamomladi. 2013-2015-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti “fizika fakulteti” magistraturasida tahsil olgan.

2018-yildan pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida ishlab kelmoqda.

            Jumayev Ilhom

2018-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining  AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakultetini tamomladi. 2021-2023-yillarda Termiz davlat universiteti “Kompyuter tizimlari va ularning dastauriy ta’minoti” magistraturasida tahsil olgan.

2023-yildan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasida ishlab kelmoqda.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR

1. Matematika o‘qitish metodikasi

2. Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi

3. Geografiya o‘qitish metodikasi

4. Biologiya o‘qitish metodikasi

5. Kimyo o‘qitish metodikasi

6. Fizika o‘qitish metodikasi

7. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

 

1.S.Sattorov. “Hududlarning notekis ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishni ekonometrik baholash (Surxondaryo viloyati misolida)”.

2.N.Xudoyberdiyev. “Innovatsion yondashuv asosida
umumta’lim maktab o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentligini
rivojlantirish imkoniyatlari”.

3.S.Raxmatova. 
“Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik
tayyorgarligini takomillashtirish (malaka oshirish tizimi misolida)”.

4.J.Qarshiyev. “Sun’iy intellekt tizimlari yordamida
malaka oshirish ta’limi tinglovchilarining kognitiv kompetensiyalarini
rivojlantirish”.

5.J.Razzoqov. “Umumta’lim maktablarida termodinamika
qonunlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”.