AKT va texnik ta’minot boʼlimi boshligʼi
Raximov Muzaffar Isroyilovich

Qabul vaqti: Har kuni (14:00 – 16:00)
E-mail: surxon_masofa@mail.ru
Telefon: +99899-716-55-49

AKT va texnik ta’minot bo’limining asosiy vazifalari

  • Axborot marketingni tashkil etish
  • Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish
  • Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish
  • Masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish
  • Xorijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash
  • Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish
  • Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash
  • Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash
  • Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish
  • Ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish
  • Seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma, yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish
  • Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun,  intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish
  • O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash

Tinglovchilar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga axborot texnologiyalari hamda internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish