Kafedra mudiri: Berdiyeva Hanifa Meliyevna
Telefon: (+998 93) 636 10 18
E-mail: xoliqov@mail.uz
Telegram: +998 93 636 10 18
“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasida jami 5 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 3 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 2 nafari esa o‘rindoshlikda faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 1 nafar fan nomzodi, 1 nafar pedagogika fanlari doktori, 3 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kafedra mudiri, dotsent Berdiyeva Hanifa Meliyevna 2000-yil 1-aprelda qayta tanlovdan o‘tib, hozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT
Amirqulov Ilxom Mustafaqulovich
1992-yili Termiz Davlat pedagogika institutini “Umumtexnika fanlari va mehnat, o‘qituvchi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
2020-yildan hozirgi vaqtgacha Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda.
Miliyev Normamat Davlyatovich
1992-yili Termiz davlat pedagogika institutini “Umumtexnika fanlari va mehnat o‘qituvchisi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
2010-yildan hozirgi vaqtgacha Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shomirzayev Maxmadmurot Xuramovich
1991-yilda Termiz Davlat pedagogika institutini “Umumtexnika, qishloq xo‘jalik va mehnat ta’limi o‘qituvchisi” mutaxassisligini tugatgan. Pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
2020-yil 3-yanvardan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:
1. Texnologiya
2. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
KAFEDRADA
OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
1. Miliyev Normamat Davlyatovich
“Texnologik ta’limda interfaol usullardan foydalanishning
samarali vositalarini rivojlantirish texnologiyasi”.


